Biznex

Biz haqimizda

Oshxonani ham, hisobni ham tushunadigan tizim

Biznex — restoran, kafe va choyxonalar uchun kassa va boshqaruv tizimi. Biz mahsulotni O'zbekistondagi haqiqiy obyektlar bilan ishlab, ularning kunlik muammosidan kelib chiqib qurdik.

400+
mijoz Biznex'da ishlaydi
10M+
buyurtma tizimdan o'tgan
10+
biznes turi — restorandan tarmoqqacha
30+
texnik xodim doim xizmatda
1000+
qurilma ijarada ishlamoqda

Nima uchun boshladik

Ko'p obyektda kassa bor, lekin egasi kun oxirida haqiqiy foydani bilmaydi. Mahsulot qayerga ketgani noma'lum, oshxona buyurtmani og'zaki eshitadi, hisobot esa Excelda qo'lda yig'iladi.

Biznex shu uzilishlarni yopadi: savdo, oshxona, ombor va hisobot bitta tizimda ishlaydi. Internet uzilsa ham kassa to'xtamaydi — bu bizda birinchi talab bo'lgan.

Qanday ishlaymiz

Obyektga borib boshlaymiz

Zal, oshxona va kassani ko'ramiz. Keyin nima kerak ekanini aytamiz — ortiqchasini sotmaymiz.

Menyu va xodimni biz kiritamiz

Retsept, narx va lavozimlar tayyor holda topshiriladi. Kassir birinchi kundan ishlaydi.

Keyin ham yonda turamiz

Savol chiqsa telefon yoki Telegram orqali javob beramiz. Uskuna buzilsa almashtiramiz.

Nimaga ishonamiz

Soddalik

Kassir bir kunda o'rganmasa — bu bizning xatomiz, uning emas.

Aniqlik

Foyda taxmin bo'lmasin. Tannarx haqiqiy narxlar bo'yicha hisoblanadi.

Uzluksizlik

Aloqa uzilishi savdoning to'xtashi degani emas. Kassa mustaqil ishlaydi.

Tizim nimalarni qamraydi

Qurilma, xabarnoma, onlayn buyurtma va soliq — hammasi bitta tizimning ichida.

Barcha platformalarda

Android, iOS, Windows, macOS va Web — xodim qaysi qurilmada ishlashidan qat'i nazar, tizim bir xil ishlaydi.

  • Kassa — Windows va Android
  • Boshqaruv paneli — brauzerda, telefondan ham
  • Oshxona ekrani — planshet yoki TV

Xabarnomalar

Telegram bot, email va push bildirishnomalar — muhim narsani o'tkazib yubormaysiz.

  • Smena yopilgani va kunlik yakun
  • Qoldiq tugayotgani va stop-list
  • Shubhali amallar haqida ogohlantirish

Soliq bilan integratsiya

Cheklar fiskalizatsiya qilinadi — kassir qo'shimcha amal bajarmaydi.

  • Har sotuv avtomatik rasmiylashtiriladi
  • Fiskal modul bilan ishlaydi
  • Hisobot talablariga muvofiq
tez kunda

Online menyu va buyurtma

Mehmon telefonidan menyuni ochadi va buyurtma qoldiradi.

  • Online menyu — rasm va narx bilan
  • Onlayn buyurtma qabul qilish
  • Menyu o'zgarsa darhol yangilanadi

Obyektingizni ko'rsatib bering

Bepul maslahat va demo. Telefon orqali 10 daqiqada tushuntiramiz.