Biznex

Yechimlar

Har bir format uchun alohida yechim

Restoran biznesi bir xil emas. Kafe uchun kerak bo'lgan narsa fast food'da ortiqcha, tarmoq uchun zarur hisobot esa bitta filialga og'irlik qiladi. Biznex to'rt formatga to'rt xil ishga tushirish stsenariysi bilan keladi.

Restoran va kafe

Zalli, ofitsiantli va to'liq oshxonali muassasalar uchun.

Ofitsiant buyurtmani planshetdan qabul qiladi — u oshxona va barga bo'linib yetib boradi. Qog'oz chek, «yozgan edim» va yo'qolgan buyurtmalar tugaydi. Stollar xaritasi real vaqtda ko'rinadi: qaysi stol band, qaysi biri hisob kutmoqda.

  • Buyurtma kassadan oshxonaga darhol tushadi
  • Stollar xaritasi va bron boshqaruvi
  • Hisobni bo'lish, birlashtirish, ko'chirish
  • Ofitsiantlar bo'yicha sotuv reytingi
restorankafechoyxonabanket zali
Restoran uchun yechim

Fast food va kofeynya

Tezlik hamma narsani hal qiladigan joylar uchun.

Kassada har bir ortiqcha teginish — navbatdagi qo'shimcha soniya. Eng ko'p sotiladigan pozitsiyalar birinchi ekranda, modifikatorlar bir tegishda qo'shiladi. Navbat ekrani navbatning bir qismini butunlay olib tashlaydi.

  • Buyurtma bir necha tegishda rasmiylashtiriladi
  • Modifikatorlar va kombo-takliflar shablonlari
  • Talon raqami va navbat tablosi
  • Olib ketish va zal rejimlari alohida
fast foodkofeynyastreet foodpekarnya
Fast food yechimi

Tarmoq va filiallar

Bir nechta filialni bitta oynadan boshqarish.

Har bir filialning kassasi alohida ishlaydi, lekin hisobot bitta joyga tushadi. Menyu va narxni markazdan o'zgartirasiz — barcha filiallarga tarqaladi. Qaysi filialda tannarx o'sib ketgani oyning oxirida emas, bugun ko'rinadi.

  • Markazlashgan menyu, narx va aksiyalar
  • Filiallararo taqqoslama hisobot
  • Rollar va kirish huquqlari
  • Filiallararo ko'chirish va qoldiq nazorati
restoran tarmoqlarifranchayzingholding
Tarmoq yechimi

Dostavka va cloud kitchen

Zalsiz ishlaydigan yoki yetkazib berish ulushi katta biznes uchun.

Agregatorlar, o'z sayti, Telegram-bot va qo'ng'iroqlar — barcha buyurtmalar bitta ekranga tushadi. Operator har kanal uchun alohida planshet ochib o'tirmaydi. Buyurtma holati avtomatik yangilanadi.

  • Barcha kanallar bitta buyurtma lentasida
  • Kuryerlar va yetkazib berish zonalari
  • Mijoz bazasi va takroriy buyurtma tarixi
  • Kanal bo'yicha rentabellik hisoboti
cloud kitchendostavka servisidark kitchen
Dostavka yechimi

Qaysi yechim sizga mos ekanini bilmayapsizmi?

Qisqa qo'ng'iroqda oqimingizni ko'rib chiqamiz va aynan sizga kerak bo'lgan konfiguratsiyani aytamiz. O'rnatish va ma'lumot ko'chirish biz tomondan.