Biznex

Ilovalar

Har ish o'rni uchun alohida ilova

Ilovalar bir-biriga ulangan: kassada urilgan buyurtma oshxonada, hisobot esa boshqaruv panelida chiqadi. O'rnatishni biz qilamiz — bu yerdan eng oxirgi versiyani yuklab olasiz.

Kompyuter uchun

Windows va macOS uchun o'rnatish fayllari. Har bir ilova o'zining oxirgi versiyasi bilan turadi.

v1.87.14

Server

Obyektning yuragi: ma'lumot shu yerda turadi, kassa va oshxona shunga ulanadi. Internet uzilsa ham ish to'xtamaydi.

Windows 10 / macOS 12 va yuqori24-oktabr, 2026
v1.103.13

Kassa

Buyurtma qabul qiladi, to'lovni oladi, soliq chekini chiqaradi. Internetsiz ishlaydi.

Windows 10 / macOS 12 va yuqori24-oktabr, 2026
v1.7.19

Oshxona ekrani

Buyurtmalarni navbat bilan ko'rsatadi, tayyor bo'lganini oshpaz o'zi belgilaydi.

Windows 10 / macOS 12 va yuqori8-oktabr, 2026

Telefon va planshet uchun

Ilovani do'kondan o'rnating va Biznex hisobingiz bilan kiring — alohida ro'yxatdan o'tish kerak emas.

Android · iOS

Back office

Savdo, ombor va xodimlar hisoboti cho'ntagingizda — obyektda bo'lmasangiz ham ko'rib turasiz.

Android 9 / iOS 15 va yuqori
Android · iOS

Ofitsiant

Buyurtma stol yonida olinadi va to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga tushadi — kassaga yugurish shart emas.

Android 9 / iOS 15 va yuqori

O'zingiz o'rnatmaysiz

Odatda ilovalarni biz o'rnatamiz va sozlaymiz: kassa, printer, ekranlar va menyu tayyor holda topshiriladi. Yuklab olish sizga faqat yangi qurilma qo'shilganda kerak bo'ladi.

Boshqaruv paneli brauzerda

Menyu, ombor, xodim va hisobotlar uchun hech narsa o'rnatilmaydi — panel brauzerda ochiladi va o'zi yangilanadi.

Qaysi ilova kerakligini bilmayapsizmi?

Obyektingizni aytsangiz, kerakli to'plamni aytamiz — ortiqchasini emas.