Biznex

Imkoniyatlar

Restoranni boshqarish uchun kerak bo'lgan hamma narsa — bitta tizimda

Kassa, oshxona ekrani, ombor, self-kost, kadrlar, sodiqlik dasturi va analitika — alohida dasturlar emas, bitta tizimning bo'limlari. Bir joyga kiritilgan ma'lumot boshqa joyda o'zi paydo bo'ladi.

01

Kundalik ish

Kassa, oshxona, zal va yetkazib berish — smena davomida uzluksiz ishlaydigan qism.

Kassa va buyurtma qabuli

Planshet yoki kompyuterda ishlaydigan kassa — internet uzilsa ham to'xtamaydi.

  • Bir ekranda: menyu, modifikatorlar, chegirmalar, to'lov
  • Naqd, karta, Payme/Click, aralash to'lov
  • Oflayn rejim: internet qaytganda o'zi sinxronlanadi

Kassada navbat to'xtamaydi — internet ham buni to'xtata olmaydi.

Oshxona ekrani (KDS)

Oshxonaga qog'oz chek emas, ekranda tartiblangan buyurtma tushadi.

  • Buyurtmalar sexlar bo'yicha: issiq, sovuq, bar
  • Har taom uchun tayyorlanish vaqti sanog'i
  • Kechikayotgan buyurtma rangi o'zgaradi

«Bu buyurtma qayerda qoldi?» degan savol yo‘qoladi.

Zal va stollar boshqaruvi

Zal xaritasi real vaqtda: kim o'tirgan, kim hisob kutmoqda.

  • Vizual zal sxemasi va bron kalendari
  • Hisobni bo'lish, birlashtirish, ko'chirish
  • Mehmon necha daqiqadan beri o'tirgani

Menejer zalni ekrandan ko‘radi — stollar orasida yugurmaydi.

Dostavka va olib ketish

Tez orada

Agregator, sayt, Telegram-bot va qo'ng'iroq — barchasi bitta lentada.

  • Barcha kanallar bitta buyurtma oqimida
  • Kuryerlar, zonalar va yetkazish vaqti nazorati
  • Buyurtma holati mijozga avtomatik yuboriladi

Yetkazib berish alohida biznes emas, umumiy hisobotning bir qatori.

02

Pul va nazorat

Ombor, tannarx, hisobot va suiiste'molning oldini olish — pul qayerga ketayotgani ko'rinadi.

Ombor va texnologik kartalar

Har bir sotilgan taom omborni o'zi hisobdan chiqaradi.

  • Texnologik karta va yarim tayyor mahsulotlar
  • Avtomatik hisobdan chiqarish va qoldiq nazorati
  • Kam qolganda ogohlantirish, stop-list

«Mahsulot qayerga ketdi?» — tizim javob beradi, taxmin emas.

Self-kost va foyda

Har bir taomning tannarxi va marjasi — real vaqtda.

  • Xarid narxi o'zgarsa, self-kost qayta hisoblanadi
  • Food cost foizi va eng foydali pozitsiyalar
  • ABC-tahlil: nima sotiladi, nima foyda keltiradi

Qaysi taom sizni boqayotganini raqam bilan ko‘rasiz.

Hisobotlar va analitika

Sotuv, smena, ofitsiant va soatlar kesimida — telefoningizda.

  • Kunlik tushum, o'rtacha chek, mehmonlar soni
  • Soatlar bo'yicha yuklanish
  • Filiallar taqqoslamasi, Excel/PDF eksport

Restoranda bo‘lmasangiz ham nima bo‘layotganini bilasiz.

Nazorat va suiiste'mol

Har bir bekor qilingan chek va chegirma izi qoladi.

  • Bekor qilish, qaytarish va chegirmalar jurnali
  • Rollar va huquqlar: kim nimani ko’radi
  • Shubhali amallar haqida bildirishnoma

Ishonch yaxshi — tekshirish imkoniyati bilan birga bo‘lsa, undan ham yaxshi.

03

O'sish va jamoa

Mijozni qaytarish, aksiyalar, jamoa va tashqi tizimlar bilan bog‘lanish.

Sodiqlik dasturi

Tez orada

Mijoz bazasi, bonuslar va chegirma kartalari — tizim ichida.

  • Bonus ballari va chegirma darajalari
  • Buyurtma tarixi va sevimli taomlar
  • Tug'ilgan kun va qaytarish takliflari

Bir marta kelgan mijoz doimiyga aylanadi — tizimli ravishda.

Marketing va aksiyalar

Tez orada

Aksiya va kombolarni bir necha tegishda yaratasiz.

  • Vaqt bo'yicha aksiyalar: biznes-lanch, happy hour
  • Kombo-takliflar va «2+1» mexanikalari
  • SMS/Telegram orqali xabarnoma

Aksiya foyda keltirdimi yoki chekni pasaytirdimi — raqamda ko‘rinadi.

Kadrlar va smenalar

Kim qachon ishladi, qancha sotdi, qancha oldi.

  • Smenani ochish/yopish va kassa yakuni
  • Ofitsiantlar bo'yicha sotuv reytingi
  • Ish soatlari, foiz va bonus hisobi

Oylik hisob-kitobi bahs mavzusi bo‘lmaydi — hammasi yozilgan.

Integratsiyalar va API

Biznex boshqa tizimlaringiz bilan gaplashadi.

  • Fiskal modul va soliq talablariga muvofiqlik
  • Payme, Click, Uzum va bank terminallari
  • Buxgalteriya, agregatorlar va ochiq APITez orada

Biznex mavjud ish jarayoningizga qo‘shiladi, uni buzib qayta qurmaydi.

Bu imkoniyatlarni o'z menyungizda ko'ring

Demo hisobga sizning menyungizni yuklaymiz — tizimni o'z taomlaringiz va narxlaringiz bilan sinab ko'rasiz. O'rnatish va ma'lumot ko'chirish biz tomondan.