Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Javobi yo'q savol bo'lsa, telefon qiling — 10 daqiqada tushuntiramiz.
Internet o'chsa nima bo'ladi?
Kassa ishlashda davom etadi. Savdo obyektning ichida saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi joyiga tushadi — bitta ham chek yo'qolmaydi.
Chek soliqqa ketadimi?
Ha. Har sotuv rasmiylashtiriladi va yuboriladi, kassir qo'shimcha amal bajarmaydi.
Bir nechta filialim bor, hammasi ko'rinadimi?
Ha. Har filial mustaqil ishlaydi, egasi hammasini bitta paneldan ko'radi va taqqoslaydi.
Uskuna sotib olish kerakmi?
Shart emas. Ijara varianti bor — o'rnatish va xizmat ko'rsatish biz tomondan. Buzilsa almashtiramiz.
Xodimlarni o'qitish qancha vaqt oladi?
Kassir odatda bir kunda o'rganadi. O'rnatish paytida o'qitib beramiz.
Menyuni kim kiritadi?
Boshlanishida biz kiritamiz — kategoriya, narx va retseptlar bilan. Keyin o'zingiz istalgan vaqtda o'zgartirasiz.
Eski tizimdan ma'lumotlarni ko'chirish mumkinmi?
Ko'p hollarda ha. Aniq javob uchun eski tizim nomini ayting.
Necha kishi bir vaqtda ishlay oladi?
Tarifga bog'liq. Kerak bo'lsa qo'shimcha ish o'rni qo'shiladi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Har biznesning ma'lumoti alohida saqlanadi. Kim nimani ko'rishini rollar belgilaydi.
Telefon orqali kuzata olamanmi?
Ha, boshqaruv paneli brauzerda ochiladi — telefondan ham.