Biznex

Uskuna

Uskunani sotib olish shart emas

Kassa kompyuteri, printer va ekranlarni ijaraga olishingiz mumkin. Biz o'rnatamiz, sozlaymiz va ishlashini kuzatib turamiz. Buzilsa — almashtiramiz.

Uskunani olish usuli
  • Boshlanishida katta pul sarflanmaydi
  • O'rnatish va sozlash biz tomondan
  • Buzilsa almashtiramiz — ishlashini kuzatib turamiz
  • Filial ko'paysa, uskuna qo'shiladi
  • Uskuna to'liq sizning mulkingiz bo'ladi
  • Kassa kompyuteri, printer, ekran, skaner — to'plam bilan
  • O'rnatish va xodimlarni o'qitish kiradi
  • Xizmat ko'rsatish alohida kelishiladi
Uskuna bo'yicha maslahat

To'plamga nimalar kiradi

Kassa kompyuteri

Sensorli monitor bilan. Kassir shu yerda buyurtma oladi va chek chiqaradi.

Chek printeri

Mijoz cheki va oshxona uchun buyurtma varaqasi.

Oshxona ekrani

Buyurtmalar navbat bilan chiqadi, tayyor bo'lgani belgilanadi.

Mijoz ekrani

Mijoz nima urilayotganini va summani ko'rib turadi.

Navbat tablosi

Zaldagi TV ekranda tayyor talon raqami chiqadi.

Shtrix-kod skaneri

Qadoqlangan mahsulot va omborga qabul qilish uchun.

Har obyektga hammasi kerak emas. Kelib ko'ramiz va faqat kerakli to'plamni taklif qilamiz.

O'rnatish qanday ketadi

  1. Obyektni ko'ramiz

    Kassa qayerda turishi, oshxonaga ekran kerakmi — joyida hal qilinadi.

  2. O'rnatamiz va sozlaymiz

    Uskuna ulanadi, menyu kiritiladi, xodimlar o'qitiladi.

  3. Kuzatib turamiz

    Ijarada uskuna buzilsa almashtiramiz — savdo to'xtamaydi.

Qanday uskuna kerakligini aytamiz

Obyektga kelib ko'ramiz — ortiqcha uskuna sotmaymiz.